Agar Sizning tomog‘ingiz og‘riyotgan bo‘lsa, ko‘zlaringizda yallig‘lanish, tumov, quloqlarda og‘riq bo‘lsa – bu nafaqat gripp bo‘lishi mumkin, balki o‘z-o‘zingizni davolash bilan sog‘lig‘ingizni xavf ostiga qo‘yishdan ko‘ra, patogenni aniqlash va yuqori samarali doridarmonlarni tanlash uchun bakteriologik ekish testini o‘tkazsangiz, aniqlash oson bo‘lgan infektsiyalar ham bo‘lishi mumkin.
Agar sizni tez-tez uzoq davom etuvchi bronxit bezovta qilsa, umumiy va biokimyoviy qon tahlili, infektsiyalarni aniqlash uchun tahlillar, halqum va burun shilliq qavatidan bakteriologik ekish uchun olinuvchi tahlillardan o‘tishingiz kerak.
Agar Sizning teringizda, oshqozoni-ichak traktida muammolar yuzaga kelyotgan bo‘lsa, u holda, disbakteriozni aniqlovchi tahlil, parazitlarni aniqlash uchun axlat, gijjalarni aniqlovchi tahlil va koprologik tahlil topshirish zarurdir.
Agar Siz jinsiy faol bo‘lsangiz, jinsiy yo‘l orqali yuquvchi infektsiyalar (JYUI), aksariyat hollarda sezilarli alomatsiz ham kechishini yodda tutishingiz kerak. Ushbu infektsiyalarning qo‘zg‘atuvchilarini tibbiyot laboratoriyalarida to‘liq bakteriologik ekish tahlili, yashirin infektsiyalarni aniqlovchi tahlil, JYUI uchun tahlil, OIV infektsiyasi, zahm va gepatitni aniqlovchi tahlil yordamida aniqlash mumkin

Organlar va to‘qimalarning funksiyalarini o‘rganish uchun turli xil laboratoriya diagnostika usullari, birinchi navbatda qon va siydikning umumiy klinik, biokimyoviy tadqiqotlari, turli tana suyuqliklarini (so‘lak, balg‘am, suyak iligi, plevra, orqa miya suyuqligi va boshqalar) o‘rganish uchun sitologik usullar, koprologiya, uglevodlar, ichak mikroflorasi uchun najas tekshiruvi, mikrobiologik tadqiqotlar qo‘llaniladi. So‘nggi keltirib o‘tilgan tekshiruvlar infektsion kasalliklarni aniqlashda zarur.
Laboratoriya tahlili - bu Sizning sog‘lig‘ingiz holati to‘g‘risida obyektiv va mutlaqo ishonchli ma'lumotlarni olish usuli, va ko‘plab xatolardan, samarasi va ba'zan keraksiz davolashdan qochishdir.
Instrumental diagnostika - elektroximyoviy, optik, radiokimyoviy va boshqa uskunalarni talab qiladigan miqdoriy tahlil usullari.
Bugungi kunda o‘zini va o‘z kasbini hurmat qiluvchi har qanday shifokor laboratoriya va instrumental tekshiruvlar natijalarni chetlab o‘tmaydi. Bu, albatta, tashxis qo‘yish uchun ham, davolash usulini tanlashda ham, ayrim dori-darmonlarni tayinlashda ham muhim ajralmas qism hisoblanadi.
Natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar, Siz doim yutuqda bo‘lasiz – yoki barcha havotirlaringiz tarqaladi, yoki Siz mutaxassisga murojaat qilgan holda muammoni o‘z vaqtida hal qilish uchun imkoniyatga ega bo‘lasiz
Bemor yoki uni qarindoshlari zarur tahlillar ro‘yxatini olish uchun davolovchi shifokor bilan bog‘lanishi kerak.
Tibbiyot mutaxassisi muhim ehtiyojlarni baholaydi va uyda qanday tahlillarni o‘tkazish mumkinligini aniqlaydi.
Uyda tahlil namunalari olish uchun hamshira tayinlanadi
Tibbiyot hamshirasi uyga keladi va shifokor ko‘rsatmasiga muvofiq tahlillar yig‘ishni amalga oshiradi

Organlar va to‘qimalarning funksiyalarini o‘rganish uchun laboratoriya diagnostikasining turli usullari qo‘llaniladi, birinchi navbatda qon va siydikni umumiy klinik, biokimyoviy tadqiqotlar, turli xil tana suyuqliklarini (tupurik, balg‘am, suyak iligi, plevra, miya umurik suyuqligi va boshqalar) o‘rganish uchun sitologik usullar, najasni o‘rganish, koprologiya, uglevodlar, ichak mikroflorasi, mikrobiologik tadqiqotlar, ikkinchisi zarur yuqumli kasalliklarni tashxislash uchun. Ertalab har qanday tibbiy klinikada testlarni topshirish mumkin. Bemor klinikaga mustaqil ravishda bora olmaydigan holatlarda, uyda testlarni o‘tkazish amaliyoti qo‘llaniladi. Va Paramedics 24/7 uydan turib topshirish imkoniyatini yaratadi, bemor laboratoriya diagnostikasi natijalarini tayyorlik asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri dasturda ko‘ra oladi.