Shifokor

Ta'riflar

01.

Shifokor turli usul va apparatlar yordamida bemorlarni tekshiruvdan o'tkazib, ularda kasallik va jarohatlar yuzaga kelishi sabablarini aniqlaydi. Shifokor anamnez to'plash, umumiy ko'rikdan o'tkazish, laborator va asbobli tekshiruvlarni tayinlaydi va ularning natijasi asosida tashxis qo'yadi.

02.

Bemorlarda kasalliklar va jarohatlarni davolash medikamentoz terapiya, fizioterapiya, qayta tiklanish (reabilitatsiya), jarrohlik aralashuvi kabi tayinlangan davolash kursiga asoslanadi. Shifokor davolash samaradorligi va xavfsizligini nazorat qilib, uning natijalarini baholaydi.

03.

Bemorlarda kasalliklarning oldini olish va immunitetni oshirish, shuningdek emlamalarni tayinlash, dispanserizatsiya, sanitariya-gigienaga oid ta'limot hamda sog'lom turmush tarzi bo'yicha tavsiyalar berish ham shifokor tomonidan amalga oshiriladi.

04.

Shifokor bemorlarga ularning salomatligi va davolash bilan bog'liq turli masalalar bo'yicha ma'lumot beradi. Shifokor bemorlarga tashxis, prognoz, davolash rejasi, ehtimoliy asoratlar va nojo'ya ta'sirlar haqida tushuntirish beradi.

HUJJATLAR

Doc

Shifokor – kasalliklar, organizm butunligi yoki jarohatlarni tashxislash, oldini olish (profilaktika) va davolash uchun zarur ma'lumot va malakaga ega bo'lgan tibbiy mutaxassis. Shifokor o'z bilim va ko'nikmalarini odamlarning salomatligini saqlash va qayta tiklash, kasalliklarning oldini olish va turmush sifatini yaxshilash uchun qo'llaydi.

Shifokorning o'ziga xos xususiyatlari

01.

Shifokor omilkorligi – “odam-odam” tizimidagi faoliyat. Shifokorning professional omilkorligi nafaqat yuqori darajadagi tibbiy tayyorgarlikni, balki uning shaxsiyatiga doir ijtimoiy-psixologik jihatlar, qadriyatlari, muloqotga kirishish savodxonligini ham qamrab oladi.

02.

Shifokorning professionalligi faqat uning davolash tajribasi bilan belgilanmaydi. Ko'plab hayotlarni saqlab qolgan yosh shifokorlarga doir misollar mavjud. Bu orada ma'lum ish tajribasiga ega bo'la turib, bosh og'rig'idan faollashtirilgan ko'mirni tavsiya qiladigan shifokorlar ham bor. Professionallik – eng zarur vaqtda bilim va ko'nikmalarni amaliyotga tatbiq eta olish qobiliyatidir.

03.

Dolzarblik (talabgorlik). Davolash muhim bo'lgan ko'plab surunkali, o'tkir va boshqa jiddiy kasalliklar mavjud. Biz shifokorni tanlashda doim mutaxassisning isbotlangan tibbiyot tamoyillariga qanchalik tayanishi, aniq davolash sxemasini tuza olishi, o'z malakasini oshirishi va amaliyotda samarali usullardan foydalanishiga e'tibor qaratamiz. Bunda mutaxassisning bemor ikkilanishlariga to'g'ri munosabat bildirishi, bemorni xavotirga solayotgan savollarga to'g'ri javoblar berishi muhim ahamiyat kasb etadi, aynan shifokor tomonidan hosil qilingan to'g'ri muloqot yordamida yaxshi davolash natijasiga erishish hamda bemor va uning yaqinlaridan minnatdorlik eshitish mumkin.

04.

Halollik – shifokor zamonaviy tibbiyotda umume'tirof etilgan standart va qoidalarga muvofiq, zarar yetkazish xavfini kamaytirgan, avaylovchi tadqiqotlar usulini qo'llagan holda, bemorni imkon qadar samarali davolashga intiladigan hamda davolashni tayinlashda dori vositalarini qiymatiga emas, balki har bir aniq holatda ta'sir kuchiga qarab ko'rsatadigan sifatli tibbiy yordam xususiyatini belgilab beradi.

Zarur shifokorni qanday topish mumkin?

01.
Tibbiy tashkilot bilan aloqa bog'lash

Bemor yoki uning qarindoshlalri sog'lig'i holati va uni yaxshilash choralari haqida ma'lumot olish uchun tibbiy tashkilot bilan bog'lanishi kerak.

02.
Salomatlik holatini baholash

Shifokor salomatlik holatini baholab, zarur laboratoriya va asbobli tekshiruv usullari ro'yxatini tuzadi, zarur davolashni yozadi.

Eng ko'p talab etiladigan shifokorlarning ixtisoslashuvi:
Doc2
Xulosa o‘rnida

Inson hayotidagi eng qimmatli narsa, bu – salomatlik bo'lib, u turmush sifatini belgilab beradi. Salomatlik bilan muammolar yuzaga kelganida eng to'g'ri tanlov – mustaqil davolanish usulini istisno qilgan holda, shifokorlarga murojaat qilishdir. Kasalliklarni davolashga professional va mas'uliyatli yondashuv kasalliklar terapiyasida eng yaxshi natijalarga erishish imkonini beradi.