Massaj

Massajning teriga ta'siri

01.

Teri epidermisning o'lik zarrachalari, shuningdek teri teshikchalariga tushgan yot zarrachalar (chang va h.k.) hamda odatda teri yuzasida bo'ladigan mikroblardan tozalanadi;

02.

Ter va yog' bezlarining sekretsiya funktsiyasi yaxshilanib, ularning shira ajralish teshiklari tozalanadi;

03.

Terining limfa va qon aylanishi faollashadi, venoz turib qolish ta'siri bartaraf etiladi, terining qonga to'yinishi kuchayadi va muvofiq ravishda uning oziqlanishi yaxshilanadi, natijada rangsiz, shalviragan, quruq teri pushtirang, tarang, nafis holatga kiradi, uning mexanik va harorat ta'sirlariga qarshiligi ancha oshadi;

04.

Teri-mushak tonusi ortadi: natijada teri silliq, tarang va elastik tus oladi. Mahalliy va umumiy moddalar almashinuvi yaxshilanadi, chunki teri organizmdagi barcha almashinuv jarayonlarida ishtirok etadi.

HUJJATLAR

Doc

Massaj bo'yicha mutaxassis

Massaj organizmga turli fiziologik ta'sirlarni ko'rsatadi. Massaj ta'siri ostida organizmda moddalar almashinuvi darajasi, endokrin muvozanatni o'zgartiruvchi, organlar va to'qimalarda umumiy va mahalliy ta'sirchanlikni yuzaga keltiradigan murakkab reflektor jarayonlar yuzaga keladi

Massajning teriga ta'siri

01.

Massajning teri ostidagi yog' qatlamiga ta'siri.Yog' to'qimasiga massaj moddalar almashinuviga ta'sir orqali o'rtacha ta'sir ko'rsatadi. Massaj organizmdagi almashinuv jarayonlarini oshirish, yog'lar ajralishi kuchaytirish orqali yoq to'qimasida ortiqcha miqdorda bo'lgan yog'lar “erishiga” yordam beradi.

02.

Massajning mushaklar va bo'g'imlarga ta'siriMushaklar tizimida massaj jarayonida mushaklar tonusi va elastikligi oshishi, ularning qisqarish funktsiyasi yaxshilanishi yuz beradi. Mushaklar kuchi ortadi. Massaj qilinayotgan mushaklar massasi hajmi ko'payadi. Bo'g'imlarning barcha elementlari va atrofdagi to'qimalar qon ta'minoti sezilarli darajada va tez yaxshilanali, harakatlar amplitudasi oshadi. Massajning bo'g'imlardagi nazla va patologik ajratmalar so'rilishi jarayoniga ijobiy ta'siri qayd etilgan.

03.

Massajning qon aylanish va limfa tizimlariga ta'siri Massaj ishlovchi kapillyarlarning kengayishi, zaxira kapillyarlar ochilishiga olib keladi, natijada nafaqat uqalanayotgan soha, balki reflektor va ichki organlarga qon o'tishi yaxshilanadi hamda qon va to'qima orasida kuchli gaz almashinuvi yuz beradi. Massaj limfa aylanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Massaj, jumladan markazga intiluvchi yo'nalishdagi harakatlar ta'siri ostida teridagi limfa tomirlar oson bo'shaydi va limfa oqimi tezlashadi. Massaj mahalliy limfa oqimiga bevosita ta'sirdan tashqari, butun limfa tizimiga reflektor ta'sir ko'rsatib, limfa tomirlarining tonusga oid va vazomotor funktsiyalarini yaxshilaydi.

04.

Massajning asab tizimiga ta'siriAsab tizimi massaj ta'sirini birinchi bo'lib qabul qiladi, chunki terida asab tolalarining ulkan miqdori joylashgan. Massaj kuchi, xususiyati va davomiyligini o'zgartirish orqali asab ta'sirchanligini pasaytirishi yoki oshirishi, yo'qotilgan reflekslarni kuchaytirishi va jonlantirishi, to'qimalar trofikasini, jumladan ichki organlar faoliyatini yaxshilashi mumkin.Massaj og'riqlarni sustlashtirish yoki to'xtatish, asab o'tkazuvchanligini yaxshilash, unga shikast yetkazilganida qayta tiklanish jarayonini tezlashtirish, vazomotor ta'sirchan va trofik kasallanishlarning oldini olish yoki kamaytirish orqali periferik asab tizimiga chuqur ta'sir ko'rsatadi.

Massaj turlari:

Doc2
Xulosa o‘rnida

Massaj – inson organizmiga profilaktik va davolovchi ta'sir ko'rsatish usuli. Massaj – tanaga tegish orqali davolashni anglatadi. U tananing turli sohalariga ma'lum miqdorda mexanik ta'sir ko'rsatish usullari majmuidan iborat. Bu usul fiziologik jihatdan zazarsiz (to'g'ri qo'llanilganida) va yetarlicha samarador bo'lganligi sababli tibbiy amaliyotda muvaffaqiyatli qo'llaniladi. Massajning organizmga yuqori samarasiga erishish uchun organizm xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, 5tadan 15tagacha seans kursini o'tkazish tavsiya etiladi.