Veterinariya

Tavsifi

01.

Veterinar shifokor — uy hayvonlariga tashxis qo‘yish, ularni davolash, kasalliklarni profilaktika qilish va emlash bilan shug‘ullanuvchi shifokor.

02.

Uy hayvonlarining kasallik va jarohatlarini davolash quyidagi davolash kurslarini tayinlashga asoslanadi: dori-darmonli muolaja, fizioterapiya, reabilitatsiya, jarrohlik aralashuvi. Veterinar shifokor davolash samaradorligi va xavfsizligini nazorat qilib, uning natijalarini baholaydi.

03.

Veterinar feldsher — veterinar shifokorning rahbarligi ostida hayvonlarga tibbiy yordam ko‘rsatadigan o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassis.

04.

Groomer — uy hayvonlari, ko‘pincha kuchuk va mushuklarda gigienik muolajalar, estetik parvarish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassis: junni kaltalatish, cho‘miltirish, quritish, tirnoqlarni kesish, quloq va ko‘zlarni tozalash.

Doc

Mutaxassislik uchun malakaviy tavsif – veterinar feldsher

Veterinar — hayvonlardagi kasalliklarni tashxislash, davolash, ular bo‘yicha jarrohlik amaliyotini o‘tkazish va profilaktikani ta’minlash uchun zarur ma’lumot va malakaga ega bo‘lgan tibbiyot mutaxassisi. Ushbu muolajalar rejalı va favqulodda bo‘lishi, klinikada yoki veterinar mutaxassislar tomonidan joyiga borganda o‘tkazilishi mumkin.

Veterinarga kimlar murojaat qiladi?

01.
Uy hayvonlarining egalari

02.
Fermerlar va hayvon yetishtiruvchilar

Qachon murojaat qilish kerak?

Quyidagi hollarda veterinar mutaxassisni chaqirishga zarurat yuzaga kelishi mumkin:
01.
Alomatlar paydo bo‘lganda:

yo‘tal, xolsizlik, ovqatdan bosh tortish

02.
Profilaktika uchun emlashda

Emlash jadvaliga rioya qilish uy hayvonlari uchun muhim, chunki emlash hayvonlarda yuqumli kasalliklarga nisbatan kuchli immunitet hosil qilishga yordam beradi.

03.
Jarrohlik amaliyotidan oldin

Jarrohlikdan avval barcha hayotiy muhim salomatlik ko‘rsatkichlarini aniqlash amaliyotdan keyingi oqibatlar xavfini kamaytirishga yordam beradi.

04.
Uzoq safar va sayohatlar oldidan

Uydan uzoqda bo‘lganda hayvon salomatligida kutilmagan holatlarni bartaraf qilish uchun salomatlikning asosiy ko‘rsatkichlari tashxisdan o‘tkazilishi kerak.

Veterinariya xizmatlarining turlari

01.

Ovqantlantirish, parvarishlash va boqish bo‘yicha maslahatlar

02.

Tashxis qo‘yish: tahlillar, tekshiruvlar

03.

Infeksiya va jarohatlarni davolash

04.

Emlash, sterilizatsiyalash, chip o‘rnatish

05.

Uy hayvoni uchun gigiena muolajalari bo‘yicha xizmatlar
Doc2
Xizmatdan qanday foydalanish mumkin?

01.

Paramedics Veterinariya bo‘limida xizmat turini tanlash

02.

Xizmat ko‘rsatishning qulay vaqti va shaklini (klinikada yoki uyda) tanlash